Jahon | 16:05 / 05.07.2016
6737
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Mustaqillik kuni bayramida qizi uchun qo‘shiq kuylab berdi
4 iyul kuni AQSh prezidenti Barak Obama o‘z qizi Maliyaning 18 yoshga to‘lgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan bazmda qo‘shiq kuyladi. Maliyaning tug‘ilgan kuni AQSh Mustaqilligi kuniga to‘g‘ri keladi.
Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, Oq uyda o‘tkazilgan marosimga qo‘shiqchilar va harbiylar oilalari bilan birga taklif etilgandi. Artistlar AQSh prezidentining qutloviga jo‘r bo‘lishgan.
Barak va Mishel Obama 1992 yilda oila qurishgan. Ular 2 qizni tarbiyalashmoqda, Maliya va ayni vaqtda 14 yoshda bo‘lgan Sasha.
Amerika Qo‘shma shtatlarida Mustaqillik bayrami davlat tashkil topgan kunda o‘tkaziladi (1776 yilning 4 iyulida Qo‘shma shtatlarning Britaniya koloniyasidan mustaqil bo‘lgani haqida Deklaratsiya imzolangandi).