Jahon | 23:51 / 05.07.2016
7016
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiy vertolyotning qulashida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi

Turkiyaning shimoli-sharqida mamlakat harbiy-havo kuchlarining S70  harbiy vertolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda hudud meri Giresun Kerim Aksuning NTV turk telekanaliga bergan bayonotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Aksuning aytishicha, yana 7 kishi turli darajadagi jarohatlar olganlar. 

Avvalroq Turkiyada bortida 15 kishi bo‘lgan harbiy vertolyot qulagani ma'lum qilingandi. Yo‘lovchilar orasida yuqori lavozimdagi zobitlar, ularning rafiqalari va 3 bola bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish