Fan-texnika | 09:31 / 05.07.2016
9186
1 daqiqa o‘qiladi

"Yunona" zondi Yupiter orbitasiga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

2011 yil 5 avgustda NASA koinot agentligi tomonidan uchirilgan Juno ("Yunona") zondi 5 iyulda erta tongda Quyosh tizimining eng katta sayyorasi Yupiterga yetib keldi va uning orbitasiga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu dastur doirasida olimlar ulkan gazsimon sayyoraning gravitatsion va magnit maydonlarini batafsil o‘rganish hamda Yupiterda qattiq yadro mavjudligi gipotezasini tekshirishni mo‘ljallashmoqda. Bundan tashqari, avtomatik sayyoralararo stansiya sayyoraning bulutlari va qutb yog‘dularini o‘rganadi. Bu missiya orqali olimlar  Yupiterning kelib chiqishi, uning tuzilishi va fizik xossalari  haqida ko‘proq ma'lumot olishga umid qilishmoqda.

Juno missiyasi 2018 yil fevralgacha davom etadi va undan keyin zond Yupiter atmosferasida yo‘q qilib yuboriladi.