O‘zbekiston | 15:07 / 05.07.2016
13147
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda kam uchraydigan xastaliklarni davolash uchun dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi kam uchraydigan kasalliklarni davolash bo‘yicha dori-darmonlarning yagona ro‘yxatini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Norma.uz.
Ro‘yxatga 129 nomdagi dori-darmon kiritilgan bo‘lib, kasallik nomi, guruhi va kodi ham qayd etilgan.
Ushbu ro‘yxat bilan quyidagi havolada tanishib olishingiz mumkin.