19:35 / 05.07.2016
7983

Joze Mourino: «Uchta transfer qilindi, yana bitta qoldi...» 

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino rasman tanishtirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy «Yunayted»ning transfer maqsadlari haqida gapirdi.

«Biz to‘rt futbolchini sotib olishni rejalashtirgan edik. Ulardan uch nafari jamoada. Yana biri qoldi. Men aniq pozitsiyada o‘ynaydigan futbolchilarni yoqtiraman. Shundagina aniq rejalarimni amalga oshirishim mumkin»,- deydi Mourino.

«MYu» yozgi transfer oynasi vaqtida «Vilyarreal»dan himoyachi Erik Bayi, «Borussiya D»dan Genrix Mxitaryan va erkin agent sifatida Zlatan Ibrahimovichlarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Keyingi transfer Pol Pogba bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Tribuna.uz

Top