11:46 / 06.07.2016
8164

Yamandagi aeroport yaqinida portlash yuz berdi

Yamanning Adan shahridagi aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda portlash yuz berdi va buning natijasida halok bo‘lganlar to‘rt kishini tashkil etmoqda. Bu haqda harbiy manbaga asoslanib, Prensa Libre nashri xabar bermoqda.

Mahalliy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning aytishicha, bomba joylashtirilgan ikkita avtomobil lagerga kiraverishdagi qo‘riqchilar oldida portlatilgan.

Iyun oxirida xudkush-terrorchilar tomonidan Al Mukalla shahrida amalga oshirilgan to‘rtta terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 40 kishiga yetgan edi.

Top