Iqtisodiyot | 00:10 / 06.07.2016
9429
2 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" "Turkmangaz"dan 5 mlrd dollar retroaktiv to‘lov talab qilmoqda

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi tomonidan 2010 yildan 2015 yilgacha tuzilgan shartnoma bo‘yicha Turkmanistonning "Turkmangaz" kompaniyasidan talab qilinayotgan retroaktiv to‘lovlar (to‘langan haqning qaytarilishi) qiymati 5 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi, deb manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2008 yildan "Gazprom" Turkmanistondan sotib olinadigan gaz uchun narxning qayta ko‘rib chiqilishiga harakat qilib kelgan, keyin esa 2015 yilda Stokgolm arbitraj sudiga "Turkmangaz" ustidan 2010 yildan 2015 yilgacha tuzilgan shartnoma bo‘yicha narxlarni retroaktiv ko‘rib chiqish talabi bilan da'vo arizasi bergan.

O‘z navbatida "Gazprom" boshqaruv raisi o‘rinbosari Aleksandr Medvedev "Turkmangaz" tomonidan bu qiymatning to‘lanishi muddatlari haqida gapirishga hali ertalik qilishini aytdi.

Avvalroq "Gazprom" Turkmaniston vakillari bilan gaz bo‘yicha bahsni sudgacha hal qilish maqsadida bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi ma'lum qilingandi.