Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Afg‘oniston masalasini keyingi kelayotgan AQSh prezidenti hal etadi
AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘oniston bo‘yicha hal etuvchi taklifni yoki mamlakatdagi harbiy harakatlar bo‘yicha qarorni Qo‘shma Shtatlarning navbatdagi prezidenti hal etishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bundan tashqari, amerikalik yetakchining ma'lum qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat avvalgidek beqaror qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 8400 askardan iborat AQSh harbiy kuchlari kontingentini Afg‘onistonda saqlab qolishga majbur.
Bundan tashqari, Obamaning ta'kidlashicha, AQShning Afg‘onistondagi roli o‘zgarmay qolaveradi. Afg‘on harbiylari va politsiyasi avvalgidek AQSh qurolli kuchlaridan maslahat va yordam olaveradi.