23:01 / 07.07.2016
7067

Alibaba dunyodagi birinchi ommaviy "internet-avtomobil" taklif qilmoqda

Internet-tijorat bilan shug‘ullanuvchi Xitoyning Alibaba kompaniyasi Shanghai Automotive Industry Corporation (SAIC) davlat avtomobilsozlik korporatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan "aqlli" avtomobil OS’Car RX5 modelini taqdim qildi.

OS’Car RX5 o‘zidan turli internet-servislar bilan birlashtirilgan krossoverni namoyon qiladi. Avtomobilning dasturiy qismi Android asosidagi maxsus moslashtirilgan  YunOS operatsion tizimiga asoslangan. Krossoverni yaratishning bosh g‘oyasi transport vositasini internet buyumlar global infratuzilmasining bir qismi qilish va uni yangi imkoniyatlar bilan ta'minlashdan iborat bo‘lgan.

Jumladan, OS’Car RX5’ning bort kompyuter tizimi intellektual kartografik xizmatga kirishni taqdim qilib, uning ishlashi uchun GPS yoki Wi-Fi signallar talab qilinmaydi. Avtomobilchi xizmatida uchta mediadispley va markaziy konsoldagi Tesla uslubidagi katta "planshet" bo‘ladi.

Avtomobil haydovchini taniy olishga qodir bo‘lib, shunga ko‘ra iqlim qurilmasi, audiotizim va boshqa bort majmualarini tegishli ravishda optimallashtiradi. Shuningdek, sayohatlar va avtomobilning ichida yuz berayotganlarni yozish uchun aylana ko‘rinish kameralari imkoniyati ko‘zda tutilgan. Haydovchilar Alipay xizmati orqali avtoturargohlarda joylar bronlashlari yoki kafeda stolga buyurtma berishlari mumkin.     

Mashinaning dvigateli va yurish ko‘rsatkichlari haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Mashinaning narxi 22300 dollarni tashkil qiladi va avgustdan boshlab savdoga chiqariladi.

Top