Sport | 17:01 / 07.07.2016
3095
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa tennis federatsiyasi teraktlar xavfi tufayli Turkiyadagi turnirlarni bekor qildi

Yevropa tennis federatsiyasi Turkiyada o‘tkazilishi belgilangan yoshlar o‘rtasidagi qit'a chempionatini va boshqa turnirlarni bu mamlakatda teraktlar xavfi saqlab qolinayotgani uchun bekor qilgan. Bu haqda Rossiya tennis federatsiyasi saytida ma'lum qilingan.

Jami bo‘lib Turkiya hududida iyul va avgust oylarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 7ta turnir bekor qilingan.

"Yevropa tennis federatsiyasi milliy federatsiyalar bilan turnirlarni boshqa joyda kechiktirmasdan o‘tkazish bo‘yicha ish olib bormoqda", - deyilgan xabarda.

28 iyun kuni kechqurun Istanbul shahridagi aeroportga terrorchilar hujum uyushtirishi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, shundan 19 nafari xorijlik. Terakt natijasida yana 240 kishi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish