Jamiyat | 11:20 / 07.07.2016
42276
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyaning Qo‘rg‘on viloyati chegarachilari Qozog‘istonda odam savdosi bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi Ismoilova L.N.ni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Aniqlanishicha, Ismoilova L.N. jinoiy tashkilot yurgizib, unga o‘zi boshchilik qilgan. U jinoiy to‘da a'zolarining har biriga alohida vazifa yuklab bergan. Ushbu guruh a'zolari O‘zbekiston Respublikasidan tashkilotda maxsus tashkil etilgan joylarda fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlash uchun Qozog‘iston Respublikasiga qizlar olib kelgan», – deyiladi ma'lumotda.

Tekshiruv paytida Ismoilova L.N. Rossiya fuqarosi emasligi aniqlangan.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ismoilova L.N ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha so‘rovini amalga oshirgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ayolga besh yildan sakkiz yilga qadar bo‘lgan muddatga qamoq jazosi berilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish