17:42 / 07.07.2016
21214

IShID 7 nafar dezertirni tiriklayin qaynab turgan qozonga tashlab yubordi

IShID jangarilari rahbariyati yetti nafar jangarini boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun tiriklayin qaynatib yuborishdi. Bu haqdagi video internetda tarqatilgan.

Bu yetti jangari Iroqning Salohiddin provinsiyasi uchun jang kechayotganda qochib ketgan va ular qolganlarga o‘rnak bo‘lish maqsadida qaynab turgan suv solingan qozonga tiriklayin tashlab yuborilgan.

Fars axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, IShID iyun oyi o‘rtasida Al-Falujada jang maydonini tashlab ketgan 19 nafar a'zosini qatl qilgandi.

Al-Faluja ozod etilganidan keyin IShID Iroqdagi mavqeini yo‘qotdi. 1 yil avval mamlakatning 3dan 1 qismini nazorat qilgan jangarilar hozirda Iroqning 14 foizlik qismiga egalik qilmoqda.

Top