12:15 / 07.07.2016
5571

Mxitaryan «MYu»ga o‘tishi amalga oshmasa, «Borussiya» mashg‘ulotlarini boykot qilmoqchi bo‘lgan

Genrix Mxitaryan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi bo‘yicha jarayon davomida sobiq klubi «Borussiya»ni shantaj qilgan.

Sport Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra,  27 yoshli armanistonlik bu futbolchi dortmundliklar klubi bosh murabbiy Tomas Tuxelga transfer jarayonini tezlashtirish maqsadida agar bu transfer amalga oshmay qolsa, jamoa mashg‘ulotlariga kelmay qo‘yishi bilan tahdid qilib sms yozgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Mxitaryan bunday taktikani 2013 yili «Shaxtyor»dan «Borussiya»ga o‘tishi arafasida ham qo‘llagandi.

Bundan oldinroq, futbolchi «MYu» bilan «4+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Uning transferi qiymati 42 million yevroni tashkil qilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top