Jamiyat | 11:14 / 07.07.2016
6492
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Meksikada so‘nggi 80 yil ichida ilk bor xususiy AYoQSh paydo bo‘ladi

Meksikada so‘nggi 80 yil ichida ilk bor Pemex davlat kompaniyasi markasi ostida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi ish boshlaydi.

El Telegrafo nashrining yozishicha, Mexikodagi Islohotlar va Insurxentes ko‘chasida Hidrosina markasi ostida AYoQSh ochilgan.

Bundan tashqari, Femsa kompaniyasi mamlakat shimolida joylashgan Monterrey shahridagi o‘zining Oxxo Gas brendi ostida ish boshlagan AYoQShni taqdim etdi. El Universal ma'lumotiga ko‘ra, Femsa shu yilning o‘zida Oxxo Gas brendining 50 AYoQShni ochishni rejalashtirmoqda. Besh yilda esa ular sonini 500 taga yetkazish niyatida.

AQSh bilan chegaradosh Tixuane shahrida Grupo Eco kompaniyasiga qarashli AYoQSh paydo bo‘ldi. Yukatan yarim orolida esa Lodemo guruhiga qarashli AYoQSh ham ish boshladi.

Meksikada energetika sohasida 2013 yildan boshlangan islohotlar o‘z samarasini berdi. So‘nggi 78 yil ichida Pemex davlat korxonasining monopoliyasi o‘rniga xususiy sektorlar paydo bo‘ldi.

Meksika 2016 yilning mart oyidan boshlab kompaniyalarga benzin va dizel yoqilg‘isini import qilishga ruxsat berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish