Sport | 07:22 / 07.07.2016
5473
2 daqiqa o‘qiladi

Oksana Chusovitina Turkiyada World Challenge Cup musobaqasining oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik mashhur sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina Turkiyada sport gimnastikasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup seriyasidagi musobaqada tayanch sakrashda g‘alaba qozondi, deb ma'lum qildi Instagram’dagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva.

"Sportchimiz, Oksana Chusovitinani Turkiyaning Mersin shahrida bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha World Challenge Cup musobaqasidagi navbatdagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Oksana musobaqada turli qimmatdagi ikkita medal sohibi bo‘ldi. Xoda ustidagi mashqlar finalida Chusovitina "kumush", tayanch sakrashda esa "oltin" medal sohibi bo‘ldi va eng yaxshi natijani ko‘rsatdi", deb yozdi Karimova.

Bu start Chusovitina uchun Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari oldidan tayyorgarlikning yakuniy bosqichi bo‘ldi. Bu Olimpiada sportchining faoliyatida u ishtirok etadigan yettinchi Olimpiada bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish