Jahon | 21:20 / 07.07.2016
3811
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko AQShni Ukrainaning asosiy hamkori deb atadi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQShni mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash borasidagi asosiy hamkori, deya atadi.
U bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan o‘tkazilgan brifing chog‘ida aytib o‘tgan.

«AQSh xavfsizlik masalasida Ukrainaning xalqaro maydondagi asosiy hamkori bo‘lib qoladi», — dedi Poroshenko.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, tomonlarni “umumiy tushunishlar, umumiy baho birlashtirib turadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish