12:01 / 07.07.2016
6666

Ronaldu: «Biz Yevro-2016da g‘olib bo‘lishga haqlimiz, men bunga haqliman»

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 yarim finalida Uels ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Beyl haqida
Men o‘yin yakunida Garet bilan gaplashdim va uni turnirdagi muvaffaqiyatli natijalar bilan tabrikladim.

Yevropa chempionatda to‘purarlik bo‘yicha Platinining rekordini takrorlagani haqida
Rekordlarni qayd etish zo‘r. Lekin eng muhimi  murabbiylar shtabi va jamoadagi sheriklarim bilan finalga chiqish. Men ko‘plab rekordlarni yangilaganman va bu ishda davom etishni istayman. Lekin eng asosiysi – biz finalga chiqqanimiz.

Final haqida

Yevro-2004 faoliyatimda alohida o‘ringa ega – o‘shanda 18 yoshda edim va bu mening terma jamoadagi ilk turnirim edi. Endi men yana finaldaman va unda g‘alaba qozonishga umid qilmoqdaman. Jamoa turnir g‘olibi bo‘lishga haqli, men shunga haqliman. Ko‘pchilik o‘ylayotgani kabi biz finalga chiqqanimiz bilan faxrlanib qo‘ya qolmaymiz.

Jamoa o‘yini haqida
Albatta biz yagona jamoamiz. Biz avvalboshdan shunday o‘ynayapmiz. Men shunchaki gol urish bilan emas, maydonda ko‘p ish olib borishga harakat qilayapman. Finalga chiqish uchun barcha 23 futbolchi kurashmoqda.

Balki boshidan o‘yinimiz juda yaxshi bo‘lmagandir, lekin men ich-ichimdan turnirda uzoqqa borishimizga ishonardim. Bu yuz qadamga yugirish emas, bu marafon.

O‘zining jamoadagi roli haqida
Portugaliya – bu Krishtianu Ronaldu emas, biz jamoamiz. Men bugun gol urdim va jamoaning finalga chiqishi uchun ko‘maklashdim.

Manba: Tribuna.uz

Top