Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yarim yil natijalariga ko‘ra avtomobillar savdosi 14,7 foizga kamaydi
Rossiyada 2016 yilning dastlabki olti oyi natijalariga ko‘ra yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 foiz kamroqni tashkil qildi. Bu haqda avtobozordagi vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qildi.
Yanvar-iyun oylarida barcha avtodilerlar umumiy hisobda 667 mingta yangi mashina sotishgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115 mingta kamroq avtomobilni tashkil qilgan. O‘tgan oy savdolar hajmining qisqarishi 15 foizni tashkil qilib, 119 mingtaga yaqin mashina sotilgan.
Yangi yengil mashinalarning sotilishi haqida rasmiy ma'lumotlar Yevropa biznesi uyushmasi avtomobilsozlar qo‘mitasi tomonidan 8 iyulda chop etiladi.