01:44 / 07.07.2016
9123

Sud Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshnerning butun mol-mulkini hibsga oldi

Argentina federal sudyasi Klaudio Bonadio valyuta bilan fyuchers savdolari ishi doirasida Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshnerning butun mol-mulkini hibsga oldi, deb yozmoqda La Nacion.

Prokurorning aytishicha, oxirgi oylarda Kirshner oilasiga tegishli turli kompaniyalar xorijiy bank hisob raqamlarida shubhali operatsiyalar o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Kirshner oilasi mehmonxonalari orqali pul yuvish holati tergov qilinmoqda.

Avvalroq Buenos-Ayresda Kirshnerga nisbatan mamlakat Markaziy banki tomonidan amalga oshirilgan valyuta bilan fyuchers savdolari ishi bo‘yicha sud boshlangani ma'lum qilingandi.

30 iyunda Argentina politsiyasi Kirshner oilasiga tegishli uylarda tintuv o‘tkazgan.

Top