22:27 / 07.07.2016
6959

Tayvanda poyezdda portlash sodir bo‘ldi

Tayvan orolidagi Taybey shahri hududida poyezd vagonlarida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 21 kishi jarohatlandi. Bu haqda Straits Times xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, vagonda 3 marta portlash yuz bergan. Guvohlar taxminan 40 yosh atrofidagi shaxs vagonda sumka qoldirib ketgani haqida aytishgan.

Ayni vaqtda voqea joyida tez tibbiy yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari xodimlari ish olib borishmoqda.

Portlashlardan keyin yong‘in chiqqan va u tezda bartaraf etilgan.

Internetda voqea joyidan olingan suratlar va video tarqaldi.

Top