00:46 / 08.07.2016
11063

«Barselona» yozning eng shov-shuvli transferlaridan biriga tayyorlanmoqda

Belgiya terma jamoasi va «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, «Atletiko» 22 yoshli bu futbolchini yana bir yil o‘z tarkibida olib qolmoqchi, lekin «Barselona» uni yaqin vaqt ichida o‘ziniki qilmoqchi. Ferreyra-Karraskoning transfer qiymati 40 mln yevroga baholanmoqda.

Yannik Ferreyra-Karrasko «Atletiko»ga 2015 yilning yozida «Monako»dan kelib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatining 29 uchrashuvida maydonga tushdi va to‘rt gol muallifi bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Top