Fan-texnika | 20:22 / 08.07.2016
9660
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik olimlar dunyodagi eng qora materialni takomillashtirishdi

Britaniyaning Surrey NanoSystems kompaniyasi dunyodagi eng qora Vantablack materialining yangi versiyasini namoyish qildi. U yorug‘likni 99,965 foizga yutib yuboradi. Bu haqida Tech Insider ma'lum qildi.

Material uglerodli nanoparchalarni past haroratda o‘stirish yordamida yaratiladi. Shu tufayli Vantablack yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlik va past zichlik xususiyatlariga ega bo‘ldi. U zarbalar va uzoq tebranishlarga a'lo darajada bardosh beradi. 

Hukmingizga havola etilayotgan videorolikda tadqiqotchilar soha va plastinkani yangi material bilan qoplashdi, shundan so‘ng ularni kamera qarshisida birlashtirishdi. Sohaning konturlari yo‘qoldi – materialning xususiyatlari uni ko‘rimsiz holatga keltirdi. 

Vantablack materiali 2014 yilda yaratilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga inson tomonidan yaratilgan eng qora substansiya sifatida kiritilgan.