Sport | 20:18 / 08.07.2016
6260
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: «Shayx Mansur menga premer-liga yoki YeChLda g‘olib chiqish shartini qo‘ymagan»

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z oldiga alohida topshiriq qo‘yilmagani haqida ma'lum qildi.

«Shayx Mansur aniq vazifa topshirmagan. Biz uch marta uchrashdik va u nima o‘ylayotgani haqida gapirdi.

Klub xo‘jayini Abu-Dabida, men esa Manchesterda yashayman. Lekin biz telefon orqali doimiy aloqada bo‘lib turamiz. Shayx Manchesterga kelganida uchrashamiz.

U menga shunday dedi: «O‘z ishingni qil. Qancha yaxshi qilsang, shuncha yaxshi. Sen qanday ish olib borishingni ko‘raylik». Men klub bizni qo‘llab turishini his qildim.

Men murabbiylar ertami kechmi Angliyada o‘zini ko‘rsatishi kerak deb bilaman. «Manchester Siti» menga shunday imkon taqdim qildi. Men buning uchun minnatdorman. O‘zim xohlagan ishni amalga oshirish uchun maksimal kuch bilan harakat qilaman», – degan murabbiy.

Manba: Tribuna.uz