Sport | 17:11 / 08.07.2016
4365
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik polvonlar munosib ishtirok etmoqda

O‘zbekistonning yosh sportchilari Xitoy Taypeyining Taychjun shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma'lum qilinishicha,  yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Elbek Ergashev finalgacha qozog‘istonlik Xalis Rajabov, hindistonlik Ajay Ajay, qirg‘izistonlik Doston Mambetqulovni yengib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Ixtiyor Botirov qozog‘istonlik Darin Lesbek va Janubiy Koreya vakili Yongvu Jyeongni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.