Sport | 19:51 / 08.07.2016
16009
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik milliarder Yevropa futbolini sotib olib, biznes o‘yinchoqqa aylantirmoqchi

Xitoyning eng boy kishisi Van Tszyan Lin Yevropada chempionlar ligasiga teng keladigan musobaqa tashkil qilmoqchi. Uning xodimlari Yevropaning «katta jamoalari» bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Unga tegishli bo‘lgan Wanda Sports Holding kompaniyasi rahbari Marko Bogarellining fikricha, Osiyo futboli shunchalik boy bo‘ladiki, u yerga Krishtianu Ronaldu ham ikkilanmay boradigan bo‘ladi.

Ayni vaqtda Yevropa futbolini biznes o‘yinchoqqa aylantirishni xohlayotgan xitoylik boyvachchaning 30 milliard dollar puli bor. U 48 million dollarga «Atletiko»ning 20 foizlik aksiyasini sotib oldi. Katta ehtimol bilan «Milan»ning ham aksiyalariga burnini suqish niyatida. 

U tashkil qilmoqchi bo‘layotgan yangi ligada kuchli beshlikning yigirmata jamoasi qatnashishi ko‘zda tutilgan. Tashkilotchilar o‘yinlar translyatsiyasidan katta foyda ko‘rishni rejalashtirishgan.

Manba: Tribuna.uz