Jamiyat | 23:07 / 08.07.2016
6315
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda armiyaga chaqiruv uchun javobgar shaxslar birinchi marta yolg‘on detektorida tekshirildi

Qozog‘iston armiyasiga chaqiruv uchun javobgar shaxslar birinchi marta poligraf – yolg‘on detektorida tekshirildi. Qozog‘iston mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, tbugungi kunda, ya'ni mamlakatda bahorgi chaqiruv to‘liq tugaganda, tekshiruvdan Ostona va poytaxtga yaqin bo‘lgan Oqmo‘la viloyati harbiy boshqarmasi mahalliy organlarining 20 ga yaqin harbiy xizmatchisi o‘tdi. Ayni vaqtda olingan natijalar poligrafolog mutaxassislar tomonidan ishlanmoqda. Ular qo‘llaniluvchi algoritmga muvofiq javoblarni tahlil qilishmoqda.  

Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, joriy yil oxirigacha maxsus jadval bo‘yicha poligrafda mamlakatning barcha viloyatlarida chaqiruvchiga javobgarlar tekshiriladi. "Poligraf qonunga xilof ishlar uchun jazo muqarrarligi nuqtai nazaridan profilaktik samara ko‘rsatadi va shu bilan birga bu sohada amalga oshirilgan jinoyatlarni ochishda yordam beradi", deb tushuntirildi vazirlikda.

Ayni vaqtda harbiy xizmatga chaqiruvni u yoki bu viloyat ma'muriyati boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya o‘tkazadi. Unga sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, ta'lim idoralari va jamoatchilik tashkilotlari, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakillari kiradi.

Joriy yilda Qozog‘istonda bahorgi chaqiruv davomida 15 mingga yaqin fuqaro harbiy xizmatchiga aylandi.