Jahon | 18:12 / 08.07.2016
7263
1 daqiqa o‘qiladi
Putin: Rossiya 2016 yil boshidan buyon 4,6 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ eksport qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildiki, 2016 yilda Rossiya 4,6 mlrd dollar miqdoridagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani eksport qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.
Prezident bu haqda harbiy-texnik hamkorlik masalasidagi yig‘ilish vaqtida gapirib o‘tgan.
«Rossiya harbiy-texnik hamkorligi tizimida 2016 yil uchun oldinga qo‘yilgan vazifa bajarildi. Qurol-yarog‘ va harbiy texnika eksporti ko‘lami 5 mlrd dollarga yaqinlashdi (4,6 mlrd)», — degan Putin.
Bundan tashqari, u buyurmalar portfeli 50 mlrd dollardan ortgani haqida ma'lum qilgan.
RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, Rossiya qurollari samarali va qo‘llashdagi qulayligi uchun katta talabga ega bo‘lib turibdi.