Sport | 16:07 / 08.07.2016
6295
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldu: Men hamisha eng zo‘r ekanimni istbotlashni istayman
"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu AS muxbiri savoliga javoban bosim ostida qolishdan qo‘rqmasligini qayd etib o‘tdi. U aksincha, bosim ostida to‘p surish o‘zini kuchliroq qilishi haqida aytgan.
"Men hamisha o‘yinlarga maksimal darajada kuch sarflayman. Futbolda talanli bo‘lishni o‘zi yetarli emas. Ko‘p talantli futbolchilar bor. Iste'doddan tashqari mehnatkash bo‘lish va har qanday ishga tayyor turish lozim.
Men doimo maqsad sari intilishim bilan ajralib turaman. Men doimo o‘zimning eng zo‘r futbolchi ekanimni isbotlashga harakat qilaman. Mening mentalitetim shunaqa.
Men shunga amin bo‘lganmanki, bosim ostida o‘ynash menga yoqadi, bu meni yanada kuchliroq qiladi", deydi Ronaldu.
Manba: Tribuna.uz