Qadimiy va sirli Istanbul şahrining diqqatga sazovor joylaridan biri, “Muhtaşam 100 yil” filmining asosiy qahramoni Sulton Sulaymon qarorgohi bölmiş “Töpqopi saroyi”dir (özbekçada “Töpli darvoza saroyi”).
Tahlilçilar “Töpqopi saroyi”ni xuddi Istanbul kabi juda ham sirli ekanini ta'kidlaşadi. Saroyga bu nom sulton har gal saroydan çiqqanda va kirganda töp otilgani bois berilgan.
Töpqopi saroyi Sulton Ahmad va uç marta qayta tiklangan Ayo Sofiya masjidlari bilan deyarli yonma-yon joylaşgan. Saroyning gullab-yaşnagan davrida bu yerda 4-5 mingga yaqin kişi istiqomat qilgani aytiladi.
Biroq saroyda qandaydir tadbir ötkaziladigan bölsa, u özida 10 mingga yaqin kişini siğdira olgan. Sulton oşxonasida bir vaqtning özida mingga yaqin oşpaz işlagan. Bir yilda saroyga 30 mingta jöja, 23 mingta qöy, 14 mingta buzoq olib kelingan. Ayni damda oşxona xitoy, yapon va turk çinnilari hamda Venetsiya şişalari muzeyiga aylantirilgan. Saroy javohirlari Mahmud Fotih qarorgohida namoyiş etiladi.
1459 yilda Sulton Mahmud Fotih tomonidan qurilişi boşlangan Töpqopi saroyi 1924 yildan boşlab muzeyga aylantirilgan. Ayni damda umumiy maydoni 700 ming kvadrat metr bölgan saroyga kiriş haqi 10 dollar bölib, yil davomida ziyoratgohdan sayyohatçilar arimaydi.

Saroyning ayrim hududlariga kiriş uçun alohida çipta sotib oliş kerak böladi. Bugungi kunda Töpqopi muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan şarq çinni idişlari böyiça Pekin va Drezden saroylaridan söng uçinçi örinda turadi. Bu yerda 10 ming 700ta buyum saqlanadi. Jahonning eng maşhur muzeylaridan biri hisoblanmiş Töpqopi saroy-muzeyida madaniyat yodgorliklari – qadimiy qölyozmalar, xitoy va yapon çinnilari, qurol-yaroğlar, sultonlarning kiyim-boşlari köz qoraçiğidek saqlanmoqda. Töpqopi muzeyi YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan. Istanbulga taşrif buyurgan har bir sayyoh Töpqopi saroyini bir marta tomoşa qilmasdan ketmaydi.
Töpqopi nafaqat haşamati bilan, balki öşa zamon sirlarini özida saqlagani bilan ham tarixga kirgan. Bunga Oltin panjara deb atalmiş bino misol böla oladi. Bu yerda asosan taxt vorislari istiqomat qilgan. Merosxör şahzodalar bir-birlari bilan aslo uçraşmagan. Ular 18 yoşga qadar saroyda tarbiyalanib, keyinçalik mamlakatning turli viloyatlariga yuborilgan. Şahzodalarning köpçiligi saroy fitnasining qurboniga aylangan. Ularning ölimi bilan boğliq tafsilotlar saroydan taşqariga çiqmagan, sirliligiça qolgan.
Salkam 400 yil davomida (1465-1853 yillarda) turk sultonlarining qarorgohi bölgan Töpqopi saroyida şu yillar mobaynida 25 nafar hukmdor mamlakatni boşqargan. Tarixçilarning sözlariga qaraganda, har bir sulton davrida saroyda yonğin çiqqani bois, muntazam ta'mirlab kelingan. Şu sababli ham biri—biridan devorlar bilan ajratilgan törtta hovlidan iborat Töpqopi saroyining hozirgi körinişida har bir sultonning hissasi bor deyiş mumkin.







