21:24 / 08.07.2016
5028

Uimbldon. Rojyer Federer yarim finalda Raonichga yutqazib qo‘ydi 

Londonda davom etayotgan «Katta dubulg‘a" turkumidagi Uimbldon turnirida dastlabki yarim final bahsi o‘tkazildi.

Turnirga 6-raqam ostida tasniflangan 25 yoshli kanadalik tennischi Milosh Raonich shveysariyalik Rojyer Federerni (3) 5 set natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi va faoliyati davomida «Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirda ilk bor finalga chiqdi.

Bungacha Raonichning «Katta dubulg‘a" turkumidagi turnirlarda ko‘rsatgan eng yaxshi natijalari Uimbldon»-2014 yarim finali(Federerga mag‘lub bo‘lgan) va Australian Open-2016 yarim finali (Endi Marreydan yutqazgan) edi.

Qayd etish kerakki, Federer shu vaqtgacha 10 marta bu turnir yarim finalida o‘ynagan va biron marta yutqazmagandi.

Uimbldon
Yarim final

Milosh Raonich (Kanada) - Rojyer Federer (Shveytsariya) 6:3, 6:7, 4:6, 7:5, 6:3

Ikkinchi yarim final o‘yini Berdix hamda Marrey o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Top