Jahon | 08:25 / 09.07.2016
11095
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Rossiyani tajovuz holatida NATOning javob berishidan ogohlantirdi
AQSh hukumati Rossiya tomonidan tajovuzning davom etishi NATOning javob berishi va alyansning Sharqiy Yevropada kuchayishini keltirib chiqarishini aytdi, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.
"Agar Rossiya o‘zini tajovuzkor tutishini davom ettirsa, bunga javob va Sharqiy Yevropadagi kuchlar kengayishi bo‘lishini ko‘rsatmoqdamiz", deb aytdi AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods.
Uning ta'kidlashicha, AQSh alyans va uning sharqiy a'zolarini himoya qilish uchun barcha ishni amalga oshiradi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans Rossiya bilan mazmunkor suhbatga intilayotganini davom ettirayotganini aytgandi.