Iqtisodiyot | 07:12 / 09.07.2016
6156
1 daqiqa o‘qiladi
Britan funt sterlingi 2016 yil boshidan eng yomon valyuta deb topildi
Britan funt sterlingi Brexit tufayli 3 haftadan beri minusga ketayotgani sababli 2016 yil boshidan dollarga nisbatan eng yomon valyuta deb topildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qilganidan keyin funt 31 ta asosiy valyuta ichida argentin pesosini salbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirdi.
Societe Generale iqtisodchisi Kit Jaksning agentlikka ma'lum qilishicha, funt sterling yanada pasayishda davom etadi, chunki investitsiyalar va o‘sish istiqbollaridagi mavhumlik o‘z kuchini ko‘rsatadi.
Avvalroq funtning dollarga nisbatan kursi 1985 yil iyundagi darajagacha pasayib, 1,3 dollarni tashkil qilgani ma'lum qilingandi.