Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyoning eng boy odamlaridan biri futbol bo‘yicha Yevropa superligasi yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi
Xitoylik multimilliarder Van Tszyanlin, Osiyoning eng boy odamlaridan biri va Dalian Wanda Group konglomerati egasi futbol bo‘yicha yangi Yevropa superligasi yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Bu g‘oya tarafdorlarining fikricha, yangi musobaqa Chempionlar Ligasi o‘rnini egallashi va eng nufuzli klublararo musobaqa bo‘lishi kerak. Dalian Wanda Group shu masala bo‘yicha Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va germaniyalik potensial hamkorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu davlatlar Chempionlar Ligasiga nisbatan yangi musobaqada ko‘proq vakillarga ega bo‘ladilar. Dalian Wanda Group shuningdek telenamoyishlardan yuqoriroq daromad olishga va'da berdi.
"Hozirda ko‘plab iste'dodli o‘yinchilar Yevropaga emas, Osiyoga ketmoqdalar. Bir kun kelib Osiyo klublarida Krishtianu Ronalduni ham og‘dirib olishga pullar topiladi. Yetakchilikni saqlab qolish – Yevropa yetakchi ligalarining umumiy manfaati yo‘lidadir", deb ta'kidlab o‘tdi Wanda Sports Holding’ning strategik direktori Marko Bogarelli.