Sport | 21:33 / 09.07.2016
18235
1 daqiqa o‘qiladi

Pele 75 yoshida uchinchi marta uylandi

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele 9 iyul kuni uchinchi marta turmush qurdi. Bu haqda Mirror xabar taqratgan. 

75 yoshli Futbol qiroli o‘zi 6 yildan buyon munosabat o‘rnatgan 50 yoshli Marsiya Sibele Aoki bilan turmush qurgan. Nikoh marosimi avvalroq o‘tkazilishi mumkin edi, lekin bunga Peledagi sog‘liq bilan bog‘liq muammolar to‘siq bo‘lib kelgan.

Juftlik ilk bora o‘tgan asrning 80-yillarida Nyu-York shahrida uchrashgan. 2010 yilda esa ular tasodifan San-Pauluda yana bir bor uchrashib qolishgan.

Pelening avvalgi nikohlaridan 5 nafar farzandi bor. Nikoh marosimi Guaruja shaharchasida (San-Paulu shtati) bo‘lib o‘tgan.