19:58 / 09.07.2016
5729

Serena Uilyams Uimbldon finalida 22-titulini qo‘lga kiritib, Shtefi Graf natijasini takrorladi

Bugun, 9 iyul kuni Uimbldon finalida amerikalik Serena Uilyams germaniyalik Anjyelika Kerberga qarshi kortga chiqdi. U 2 set davom etgan bahsda raqibasini yengdi va Avstraliya ochiq chempionati finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. 

1 soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda 7:5, 6:3 hisoblari qayd etildi. Serena 13 eys amalga oshirdi, uning raqibasida esa yo‘q. Amerikalik tennischi 3ta qo‘shxato, Kerber esa bitta qo‘xatoga yo‘l qo‘ydi.

Uimbldon
London, Britaniya
27 iyun – 10 iyul 2016
"Katta dubulg‘a" turkumidagi turnir
Sovrin jamg‘armasi – 28 100 000 funt
Chimli kortlar
Ayollar
Final
Serena Uilyams (AQSh,1) – Anjyelik Kerber (Germaniya, 4) 7:5, 6:3

Uilyams endilikda Uimbldonning 7 karra g‘olibi sanaladi. U 2002, 2003, 2009, 2010, 2012 va 2015 yillarda ham tengsiz bo‘lgandi.

Shuningdek, uning titullari soni 22taga yetdi (Australia Open - 6, French Open - 3, Wimbledon - 7, US Open - 6).

Bu orqali u Shteffi Grafning natijasini takrorladi.

Graf o‘zining titullari sonini 22ta qilishga 12 yilda (1987-1999) erishgan. Uilyamsga esa bu natijaga erishish uchun 17 yil kerak bo‘ldi (1999-2016).

 

Top