Jamiyat | 17:59 / 10.07.2016
36758
3 daqiqa o‘qiladi

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Vetnamlik Tong Fuok Fuk – ajoyib inson. U 15 yil davomida butun dunyoga insonparvarlik va fidoyilik aslida qanday bo‘lishini namoyish etib kelmoqda. 

Barchasi 2001 yilda boshlangan. Kunlarning birida Tong Fuok Fuk homilador rafiqasi bilan shifoxonaga tekshiruvdan o‘tish uchun boradi va koridorda o‘tirib, bir xonaga homilador ayollar kirib, u yerdan ko‘z yoshi bilan qaytib chiqayotganiga e'tibori tushadi.  U aslida nima bo‘lganini tushunib yetgach, eti jimirlab ketdi. Qanday qilib inson o‘z farzandi jonini uni hatto dafn qilmay turib, tortib olishi mumkinligini tasavvur qila olmas edi.

Kasbi quruvchi bo‘lgan Tong Fuok Fuk o‘z jamg‘armasiga Xon Tom tog‘i etagidagi yerni sotib oladi va u yerda hayotga kelmay turib, nobud bo‘lgan begunoh bolalarni ko‘mish uchun qabriston quradi. Biroq uning asosiy maqsadi boshqacha edi – bu qabristonga kelgan ayollar o‘z farzandlaridan voz kechish haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rishlariga umid qildi. 

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Tongning oldiga moddiy qiyinchilik sababli farzandini boqa olmagan ayollar tashrif buyura boshladi. Bu g‘ayrioddiy bo‘lsada, biroq Tong barcha farzandlarni o‘z oilasiga qabul qiladi. Vaqt o‘tishi bilan qabristondan olis bo‘lmagan yerda yuzdan ortiq bolalar uchun qadrli bo‘lgan uy paydo bo‘ldi.

Bolalarning ismlarini adashtirmaslik uchun Tong ularga antiqa va yoqimli ismlar bergan: «Tam» - vetnamcha «yurak», yoki «Vin» - «sharaf». Har bir bola ikki sharifga ega – o‘z onasiki va xaloskori Tongniki.

Farzandlarini tashlab ketgan ayollarning moliyaviy ahvoli yaxshilangach, u bolalarni o‘z onasiga qaytarib beradi.

«Men so‘nggi nafasimgacha boshlagan ishim bilan shug‘ullanaman. Umid qilamanki, hayotdan ko‘z yumsam, farzandlarim ham mening ishimni davom ettirishadi», - deydi ko‘p farzandli ota Tong Fuok Fuk.

Axir bolalar - chinakam baxt va ulkan quvonchdir.