Jahon | 16:51 / 10.07.2016
3782
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada 2 poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 7 yo‘lovchi jarohatlandi

Chexiyaning Rotava shahridagi temir yo‘l stansiyasidan 200 m masofada ikki poyezd to‘qnashishi oqibatida 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Blesk xabar tarqatgan.

«Bu hodisada jinoyat alomatlari borligi bo‘yicha tekshiruvlar boshlangan. Hozircha hodisaning aniq sababi ma'lum emas», — degan politsiya vakili Ketrin Kreychi.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Aniqlik kiritilishicha, poyezdlar kichik tezlikda harakatlanayotgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish