23:20 / 10.07.2016
8738

IShID jangarilari Suriya va Iroqda bosib olgan yerlarining to‘rtdan uch qismini yo‘qotdi

IShID terrorchilik guruhi oxirgi oylarda Suriya va Iroqda bosib olgan yerlarining to‘rtdan uch qismini yo‘qotdi, bu hudud Irlandiya hududiga teng, deb aytilmoqda AQShning IHS baholash kompaniyasi tahlilchilari ma'ruzasida.

"IShID terrorchilik guruhining yerlari jangarilar 2015 yil yanvarda egalik qilgan 90 ming kvadrat km dan 26 ming kvadrat km gacha kamayib ketdi", deyilgan IHS ma'ruzasida.

"IShID hududining qisqarishi bilan ularning boshqaruvchilik loyihalari barbodga uchrayotgani borgan sari ko‘rinib qolmoqda, guruh yana o‘z e'tiborini isyonchi harakatlarga qaratmoqda", deb aytdi IHS’ning ixtilofni monitoring qilish bo‘limi bosh tahlilchisi Kolumb Strek. Uning aytishicha, katta miqdordagi qurbonlar bo‘ladigan hujumlar va  Iroq iqtisodiy infratuzilmasiga qarshi va uning chegarasidan tashqarida, jumladan Yevropada  ko‘poruvchilik harakatlari amalga oshirilishi mumkin.  

O‘tgan yil oxirida IShID Ar-Ramadi shahrini yo‘qotdi. May oxirida Iroq armiyasi Al-Falluja shahrini qaytarib oldi. Endi iroqlik harbiylar Iroqning shimolidagi eng yirik shahar va IShIDning Iroqdagi poytaxti – Mosulni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Suriyada ham IShID qatta hududlarni yo‘qotdi. IShID Suriyada uchragan katta yo‘qotishlar orasida Shaddodiy va Palmira shaharlari bor.

Top