Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:12 / 10.07.2016
8149
1 daqiqa o‘qiladi
Portugaliyadagi nufuzli nashr Fransiya terma jamoasi futbolchilarini 11 xo‘roz ko‘rinishida tasvirladi
Portugaliyaning nufuzli nashrlaridan biri hisoblanmish O Jogo jurnali Yevropa chempionati finali arafasida o‘ziga xos chiqish qildi. Jurnal muqovasi Portugaliya va Fransiya terma jamoalari to‘qnashuviga bag‘ishlangan.

Unda milliy terma jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Fransiya terma jamoasining 11 nafar futbolchisi xo‘roz shaklida ifodalangan.
«Tribuna» Portugaliya — Fransiya uchrashuvidan matnli translyatsiya uyushtiradi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish