Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 00:36 / 10.07.2016
5541
1 daqiqa o‘qiladi
"Real" Morata bo‘yicha barcha takliflarni rad etadi
"Real" hujumchi Alvaro Moratani joriy transfer oynasida sotmaydi. Madrid klubi 23 yoshli hujumchi bo‘yicha bildiriladigan barcha takliflarni rad etishga qaror qildi.
Yaqin orada Morata Ispaniya terma jamoasida Yevro-2016’da ishtirok etgan "Real"ning qolgan o‘yinchilari bilan klubga qo‘shilib, Zinedin Zidan boshchiligida mavsumoldi tayyorgarligini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yozda "Real" Moratani "Yuventus"dan 30 mln yevroga sotib olgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish