Fan-texnika | 19:43 / 10.07.2016
5394
2 daqiqa o‘qiladi

Yamaha elektroprivodli robotlashtirilgan qayiqni taqdim qildi

Yamaha kompaniyasi suv havzalarini o‘rganish, jumladan dambalarga baho berish uchun mo‘ljallangan to‘liq avtonom Breeze10 qayig‘ini taqdim qildi.

Qayiq 0,5 kVt li elektr motor bilan harakatga keltiriladi. Motor 20 A-soatli litiy-ionli akkumulyator blokidan quvvatlanadi. Bundan tashqari, qayiq bortida 1,6 kVt li generator mavjud. Qayiq avtonom holatda 6 soatgacha suzib yura oladi. 

Suvda mo‘ljalni olish uchun global yo‘ldoshli navigatsiya tizimi va azimutal burchak haqidagi ma'lumotlardan foydalaniladi. Bosib o‘tilgan yo‘nalishlar takroriy nazorat uchun saqlab qo‘yilishi mumkin. 

Qayiq gidrolokator (sonar) – akustik nurlash yordamida suv osti obektlarini tovush bilan aniqlash vositasi bilan jihozlangan.

Qayiq uch rejimda ishlaydi: to‘liq avtopilot, masofadan turib boshqarish va bortda bo‘lgan odam tomonidan boshqarish. Qayiqning maksimal tezligi soatiga 7,2 km ni tashkil qiladi.

Qayiqning o‘lchamlari 3,21 × 1,17 × 0,89 metrni tashkil qiladi. U sayoz joylarda qo‘llanishi mumkin.