O‘zbekiston | 15:54 / 11.07.2016
3989
2 daqiqa o‘qiladi

12 iyulda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi

Google image

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 22-24, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Ba'zi joylarda shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.    

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish