O‘zbekiston | 15:04 / 11.07.2016
6173
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi ShHT Sammiti yuqori saviyada tashkillashtirilgani uchun O‘zbekistonga alohida minnatdorlik bildirdi

anhor.uz

BMT axborot markazi tomonidan Toshkentda o‘tgan ShHT sammitiga bag‘ishlab maqola e'lon qilindi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Materialda xabar berilishicha, Toshkentda o‘tgan ShHTga a'zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishida siyosiy ishlar bo‘yicha BMT bosh kotibi o‘rinbosari Jyeffri Feltman ham ishtirok etgan. BMT bosh kotibi nomidan qilgan chiqishida Feltman ShHTning ekstremizm, terrorchilik va noqonuniy narkotik savdosiga qarshi kurashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Maqolada, shuningdek, bosh kotib Pan Gi Mun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga, respublika hukumatiga va O‘zbekiston xalqiga «tarixiy sammit» yuksak saviyada tashkil etilgani, shuningdek, uning ishtirokchilariga nisbatan ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgani alohida qayd qilib o‘tildi.
«O‘z murojaatida BMT bosh kotibi shu yili u tajovuzkor ekstremizmning oldini olish bo‘yicha harakat Rejasini taqdim etganini eslatib o‘tdi. Unda xavfsizlik choralarini mustahkamlash hamda mazkur yovuzlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan 70 dan ortiq tavsiya o‘rin olgan», — deyiladi maqolada.
BMT vakili xalqaro tashkilot ShHT bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini ishontirib aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish