21:20 / 11.07.2016
23737

Gilamda iPhone’ni topish taklif qilingan jumboq internet ahlini "aqldan ozdirdi"

Turli davlatlar internet foydalanuvchilari yangi jumboq – polda to‘shalgan murakkab naqshga ega gilam va unda turgan stol surati bilan qiziqib qolishdi. Foydalanuvchilarga suratda g‘ilofdagi smartfonni topish taklif qilinmoqda.

Yangi jumboqqa ko‘plab xorijiy OAV e'tibor qaratdi, ijtimoiy tarmoqlarda esa gilam va stol suratiga ega yozuvlar miqdori minglabga yetmoqda. Bir qator OAV suratda yashirilgan smartfonni topish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishmoqda, biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar gilamda yotgan smartfonni baribir ko‘risha olmayotganini tan olishmoqda.  

Gap shundaki, smartfon gilamdagi naqshga o‘xshash g‘ilofda joylashgan.

 

Top