20:21 / 11.07.2016
12760

OAV: IShID jangarilari Palmiraga yaqinlashdi

Foto: Google image

IShID jangarilari Suriyaning Tadmor shahriga yaqinlashdi, bu shahar chetida Palmira qishlog‘i joylashgan, deb ma'lum qildi Al Jazeera telekanali.  

Telekanal muxbiri ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar Tadmorga juda yaqin keldi. Bunda jangarilar shaharga kimsasiz hududdan kelgani aytilgan.

Shuningdek, Palmira yaqinidagi jangarilarga bir nechta aviazarbalar berilgani ma'lum qilindi.

Palmira 2016 yil martida IShID jangarilaridan ozod qilingandi.

Top