00:51 / 11.07.2016
6506

Ronaldu Yevro-2016 finali vaqtida jarohat olib maydonni zambilda tark etdi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finalida Fransiyaga qarshi o‘yin avvalida jarohat oldi.

31 yoshli futbolchi Dimitri Payyet bilan 2 marta to‘qnashdi va ikkinchi to‘qnashuvdan keyin og‘riq tufayli maydonni tark etdi.

U tibbiy yordam ko‘rsatilgach, maydonga qaytdi, lekin bir necha daqiqa o‘yin o‘tkazgach, yana maydonga yotdi va o‘yinni davom ettira olmasligini bildirdi.

O‘z faoliyatidagi eng muhim o‘yinni muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘lgan, ko‘z yoshlarini tiya olmayotgan futbolchini zambilda olib chiqishdi.

Uning o‘rniga o‘yinning 25-daqiqasidan boshlab Rikardu Kuarejma harakat qila boshladi.

Top