12:50 / 11.07.2016
8398

Ronaldu Yevro-2016da olgan «Kumush butsa»sini Naniga sovg‘a qildi

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Nani Yevro-2016 finalida Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldudan «Kumush butsa»ni sovg‘aga oldi va buning uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

«Sen endi sardorlikdan ham kattaroq maqomga egasan, san endi – chempionsan! Sovg‘a uchun rahmat! Olg‘a, Portugaliya, biz — chempionlarmiz!» — deya yozgan Nani o‘z instagramiga.

Ronaldu turnirda 625 daqiqa o‘tkazib, 3 gol urdi va 3ta golga assistentlik qilib, samaradorlik bo‘yicha fransiyalik Grizmanndan keyingi natijani qayd etdi. Nani esa turnir davomida 3 gol urib, bitta golli uzatmagan mualliflik qildi.

«Oltin butsa»ni 6 gol urgan va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan Antuan Grizmann qo‘lga kiritdi.

Top