Sport | 02:38 / 11.07.2016
23354
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada yangi chempionlar: Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi

Parij shahridagi "Stad de Frans" stadioni Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida kechgan Yevropa chempionati finali muxlislarga fantastik oqshom taqdim etdi.

Dramatik sahnalar bilan boshlangan o‘yin uzoq vaqtgacha muxlislar xotirasida saqlanib qoladigan bo‘ldi.

O‘yinning 9-daqiqasida Portugaliya terma jamoasi yetakchisi, to‘rtinchi marta turnirda ishtirok etgan Krishtianu Ronaldu jarohatlandi. Bir marta tibbiy yordam olib maydonga qaytgan futbolchi, 25-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga o‘yinni Rikardu Kuarejma davom ettirdi.

O‘yinning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida Fransiya terma jamoasi futbolchilari yetakchisisiz qolgan Portugaliya termasiga qarshi deyarli hech narsa qila olmadi va o‘yinning asosiy vaqti golsiz durang bilan yakunlandi.

Shundan so‘ng o‘yin hakami Mark Klattenburgni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etdi.

O‘yinning qo‘shimcha bo‘limida maydonga tushgan Eder to‘pga birinchi teginishda gol urib, Portugaliyaga g‘alaba keltirdi.

Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi Yevro-2016 turniri chempioniga aylandi.

Bunga qadar Portugaliya 2004 yilgi qit'a chempionatida finalga qadar yetib kelgan va mezbon bo‘lishiga qaramay Gretsiyaga imkoniyatni boy bergandi. Oradan 12 yil o‘tib Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari birinchi bor Yevropa taxtiga chiqdi.

Portugaliya – Fransiya 1:0
Gol: 1:0 – 109 Eder.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Adriyen Silva (Moutinyu, 66), Vilyam Karvalyu, Nani, Sanshesh (Eder, 79), Joau Mariu, Ronaldu (Kuarejma, 25).
Fransiya –    Loris, Koselni, Evra, Sanya, Umtiti, Pogba, Matyuidi, Payyet (Koman, 58), Sissoko (Marsyal, 110), Grizmann, Jiru (Jinyak, 78).
Ogohlantirishlar: Soaresh (34), Joau Mariu (62), Umtiti (80), Gerreyru (95), Matyuidi (97), Vilyam Karvalyu (98), Koselni (107), Pogba (115).