Jamiyat | 10:19 / 11.07.2016
27558
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ko‘chalarida tajriba o‘tayotgan GM Uzbekistan avtomobillari paydo bo‘ldi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilayotgan  Chevrolet Cobalt va Chevrolet Lacetti avtomobillarining suratlari paydo bo‘ldi. Mashinalarning davlat raqamlari o‘rniga “Tajriba” deb yozib qo‘yilgan.

Guruh foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan izohlarga ahamiyat beriladigan bo‘lsa, unda avtomobillarni Toshkent shahrining turli nuqtalarida yurganligiga amin bo‘lish mumkin.

Qoldirilgan izohlardan birida, «Lacetti va Cobalt’lar yozgi sinovdan o‘tmoqda (avvalroq qishki sinovlar bo‘lib o‘tgan)», deyiladi.

«Kuzda gaz ballon uskunasi o‘rnatilgan GM Uzbekistan avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tishi mumkin», — deya qo‘shimcha qilgan guruh a'zolaridan yana biri. Izohlarning barchasi insayder ma'lumotlar ekanligi foydalanuvchilar tomonidan aytib o‘tilgan.