10:25 / 12.07.2016
8765

Eron AQShga 32 tonna "og‘ir suv" sotdi

Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchining ma'lum qilishicha, Qo‘shma shtatlar bilan 32 tonna og‘ir suv sotilishi bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.

«Ayni vaqtgacha AQShga 32 tonna miqdorida "og‘ir suv" sotildi va to‘lov qabul qilindi. Mahsulotlar AQShga yuborildi», — degan u.

U savdo qiymatini oshkor etmagan.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada Rossiya bilan ham muzokaralar o‘tkazilmoqda. U ikki tomon hali kelishuvga erishmagani, lekin Rossiya tomoni 40 tonna "og‘ir suv" xarid qilish niyatida ekanini aytgan.

"Og‘ir suv" — bu og‘ir vodorodli suv bo‘lib, deyteriy oksidi. Deyteriy —  energetika uchun yadroviy yoqilg‘i, bu modda yadro reaktorida qo‘llaniladi.

2006 yili Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajod yadro tadqiqot reaktori uchun "og‘ir suv" ishlab chiqaradigan zavodni ochdi. "Xonda" zavodi Tehrondan 230 kilometr janubi-sharqda joylashgan Arak shahri yaqinida qurilgan.

Top